Problem solving qiling!

19 Nov 2022

Vohid's leetcode stats

Dasturlashni yaqinda boshlaganlar uchun bitta muhim maslahatim bor: problem solving qiling.

Til va texnologiya o’rganish bilan birgalikda doimiy problem solving qilish sizni Software Engineering karyerangizni juda o’stiradi. Ayniqsa kalladagi yechimingizni kodda yozgani qiynalayotgan bo’lsangiz, problem solving qiling (opamda shunday bo’lgan). Sizni logik va analitik fikrlashingizni kuchaytirib Software Engineering monsteriga 😎 aylantiradi.

Boshlanishiga elementar nasalalardan boshlang (masalan, ikki sonni summasi). Sekin-sekin, qiyinroq va yanada qiziqroq masalalarga o’ting. Men boshida Qudrat akani c++dastur programmasidan boshlaganman, keyinchalik acm.timus.ru, va ohiri leetcodega o’tganman.

Agar niyatingiz FAANGga kirish bo’lsa, hozirdan problem solving qilish siz qilgan katta investitsiyalardan biri bo’ladi 🙂

Quyidagi websitelarni tavsiya qilaman:

Gazni bosing!