Eshmat va Toshmat: being in the zone
20 Oct 2022
Hammamiz “being in the zone” haqida bilsak kerak. Yozayotgan kodimizga sho’ng’ib ketishimiz “being in the zone” deyiladi. Shunday xolatdaligimizda agar bizni chalg’itishsa, keyin o’sha joydan davom ettirishimiz qiyin va vaqt oladi.
Lekin men bugun sizlar bilan shu narsani boshqacha turi haqida gaplashmoqchiman: “being in the long-term zone” (long-term = uzoq muddatli). Bu narsani sizlarga misol bilan tushintiraman:
Eshmat va Toshmat dasturlashni o’rganmoqchi ekan. Ular bu uchun haftasiga 28 soatdan sariflamoqchi ekan. Eshmat har kuni 4 soat dasturlash bilan shug’illanibdi, Toshmat esa Shanba va Yakshanba kunlari bosib 14 soatdan o’qibdi va boshqa kunlari kayf qilibdi.
3 oy o’tgach, Eshmat negadir Toshmatdan ancha oldinga o’tib ketibdi. Toshmat hayronda. Axir ikkovlari ham bir xil vaqt sarflashdiku. Buning sababi Eshmat har doim long-term zone’da bo’ldi. Toshmat esa har safar uzoq muddatga (5 kunga) chalg’idi.
Har doim long-term zone’da bo’ling. Uyingizda to’y bo’layotgan bo’lsada, hech bo’lmasa 5 minut shug’illaning. Dasturlashni o’rganishni endi boshlagan bo’lsangiz bu narsa sizga ayniqsa muhim.